Tushda bichmoq | Тушда бичмок
BICHMOQ (XASY KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘zini bichganini ko‘rsa, hojati ravo bo‘lishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning fikriga qaraganda, farzandi o‘ladi yoki Xaq subhonahu va ta’oloning ibodatiga rag‘bat qiladi va badavlat bo‘ladi. Agar bichilgan notanish kishini tushida ko‘rsa, o‘sha kishi yoqimli va solih kishi bo‘lishiga dalildir.
Yana aytishlaricha, u kishi farishta bo‘lib, tush sohibini xayrli to‘g‘ri yo‘lga chaqiradi va yaxshi mujdalar beradi, chunki farishtalarda shahvat bo‘lmaydi. Bordi-yu, bichilgan kishining so‘zlarida ilmu hikmat bo‘lmasa, demak u farishta emas. Tushida ko‘rgan kishi bichilgan bo‘lsa va tanish kishi ekanini ko‘rsa, undagi yaxshi va yomon narsa tush ko‘ruvchiga qaytuvchidir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, har kim tushida moyagi kesilganini va yerga tushganini ko‘rsa, dushmani ustidan zafar topishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning fikricha, tushdagi kesilgan moyak ota va qizga dalolat qiladi, ya’ni shu davrdan boshlab uning qizi bo‘lmaydi, chunki moyaklar qizni bildiruvchidir. Tushida moyagini chiqarib olib, birovga berganini ko‘rsa, qizlarini birovga berishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushida sababsiz bichilganini ko‘rsa, unga xorlik va ziyon yetishiga dalildir. Tushida olatining ham tanidan kesib olingani shu ta’birni beradi va nomi el orasida kam tilga tushadi.
J a’far Sodiq (r.a.) aytishicha, tushda bichishni ko‘rish uch narsaga dalildir: zohid kishilarni ko‘rishga; farishtaga; ibodatga.