Tushda boshoq | Тушда бошок

BOSHOQ (XUSHA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda qurimagan yangi boshoq farzand hamda molning ko‘payishi va barakatidir. Qurigan boshoq umri uzoq farzandni bildiradi, biroq o‘sha yili qahatchilik va ocharchilik bo‘ladi. Xurmo va uzum boshog‘i (boshi) yaxshiroqdir, u o‘z vaqtida bo‘lsa.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida yashil boshoqdan yeyayotganini ko‘rsa, shu yili hayot unga farovonlik bilan kechishiga dalildir. Tushida boshoqni sariq hamda qurigan holda ko‘rsa, qahatchilik va qiymatchilik bo‘lishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi yashil boshoq farzandlarga va xayru barakatga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: . . . misoli go‘yo bir donga o‘xshaydiki, u har bir boshog‘ida yuztadan doni bo‘lgan yettita boshoqni undirib chiqaradi. . . (Baqara surasi, 261-oyat).
Qurigan boshoq qahatchilikni bildiradi.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *