Tushda bo’yamoq | Тушда буямок

BO‘YAMOQ (XUZOB KARDAN) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushda soqolni bo‘yash ishlarning sirini yashirishdir. Tushida soch va soqolni bo‘yaganini, biroq soch va soqol rangni qabul qilmayotganini ko‘rsa, odamlarga ishning zohir (tashqi) tomonini ko‘rsatishiga dalildir. Agar rang olganini ko‘rsa, ishlari yaxshi bo‘ladi, biroq uning ishlari yashirin holda qoladi.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida odamlar rang berayotgan narsalarni u ham ranglayotganini ko‘rsa, o‘zini mahol va yoqimsiz ishlar bilan band qilishiga dalildir. Agar qo‘l va oyog‘ini bo‘yayotganini tush ko‘rsa, qo‘lidan ketgan moli qayta qo‘liga kelishini bildiradi. Tushida har ikki qo‘liga xina bog‘laganini ko‘rsa, o‘z bolalarini shari’atga zid bo‘lgan narsalar bilan bezatishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, har kim tushida qo‘liga oro berib, xina bilan bo‘yayotganini ko‘rsa, u odam o‘z kasbu korida makru hiyla ishlatishiga dalil bo‘ladi.
Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, tushida qo‘l va oyog‘ini xina bilan bo‘yaganini ko‘rsa, odamlar afsus aytadigan bir ish qilishiga dalildir. Tushida barmoqlarining uchini xina qilayotganini ko‘rsa, tasbih aytishiga dalildir.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *