Tushda burun suvi | Тушда бурун суви
BURUN SUVI (OBI BIYNI) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, burun suvi farzandga dalil bo‘ladi. Burnidan suv kelayotganini ko‘rsa, farzand bo‘lishiga dalildir. Burnidan sirka oqayotganini ko‘rsa ham yuqoridagiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, burnidan suv oqayotganini ko‘rsa, qarzidan qutilishiga dalildir, ranj, mashaqqat va g‘amdan ozod bo‘ladi, bemor bo‘lsa, shifo topadi.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, burun suvi tushda farzand bo‘ladi, biroq burun suvi badaniga oqib tushsa, farzand o‘g‘il bo‘lishiga, agar yerga oqib tushganini ko‘rsa, farzand qiz bo‘lishiga dalolat qiladi. Burun suvining o‘z xotiniga oqib tushganini ko‘rsa, xotini homilador bo‘lishiga dalildir, biroq bola tashlaydi. Xotini unga burun suvini tashlaganini ko‘rsa, o‘g‘il tug‘ilishiga dalil bo‘ladi. Agar burun suvini qo‘shnisining uyiga tashlayotganini ko‘rsa, qo‘shnining xotini bilan xiyonat qiladi. Agar burun suvini birorta erkakning ko‘rpasiga tashlasa, yuqoridagiga dalildir. Yana Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, kimki o‘zining burun suvini ichayotganini ko‘rsa, o‘z molini o‘z ayoliga sarf etadi. Agar xotinining burun suvini ichayotganini ko‘rsa, farzand hosil bo‘lishiga dalildir. Burun suvining qora va xira ekanini ko‘rsa, farzandiga g‘amu anduh yetadi. Burun suvining sariq ekanini ko‘rsa, farzandi bemor bo‘ladi.