Tushda buyra | Тушда буйра

BUYRA (BURYO) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushidagi buyra pastkash va xasis odamni bildiradi yoki nasli past va holi zaif ayolga uylanishini bildiradi va bu tufayli odamlardan malomat topadi. Agar buyra to‘qib, tugatganini ko‘rsa, ko‘zlagan ishini tugatishiga dalildir. Agar o‘z uyi uchun buyra to‘qiyotganini ko‘rsa, o‘z oilasini ishlari bilan mashg‘ul bo‘lishini bildiradi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, agar buyraga ega bo‘lganini yoki kimdir unga berganini ko‘rsa, buyraning katta yoki kichikligi miqdoriga qarab, birorta ayoldan manfaat topishini bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishlaricha, tushdagi buyra uch narsani bildiradi; manfaatni; uylanishni va oilaviy ishlar bilan mashg‘ullikni.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *