Tushda dum | Тушда дум

DUM (DO‘NBOL) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, har kim tushida ot, eshak va sigirga o‘xshab dumi bor ekanini ko‘rsa, moli ziyoda bo‘lishi va hayoti rohat bilan o‘tishini bildiradi, biroq dinda sust bo‘ladi. Dumi itniki, bo‘ri yoki shag‘olniki kabi ekanini tush ko‘rsa, harom mol topishi va odamlar uni malomat qilishiga dalildir. Tushida ot, sigir yoki eshak dumini qo‘lida turganini ko‘rsa, uning miqdoricha molu ne’mat topishiga dalildir. Qo‘lida go‘shti harom bo‘lgan birorta hayvon dumi borligini ko‘rsa, harom mol topishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) tushdagi dum to‘rt narsani bildiradi: oldi-sotdini; yomg‘irni; molni va rohatu ayshni.


Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *