Tushda dushman, janjal, xusumat | Тушда душман, жанжал, хусумат
DUSHMANLIK, JANJAL (XUSUMAT, Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida birov bilan dushmanlashganini va uning ustidan g‘olib bo‘lmaganini ko‘rsa, oqibatda dushmani ustidan g‘olib bo‘lishi va zafar topishiga dalildir. Dushman o‘z ustidan g‘olib bo‘lganini tush ko‘rsa, yuqoridagining aksi bo‘ladi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida yurt hokimi bilan xusumatlashganini yoki uning ustidan g‘olib bo‘lganini ko‘rsa, hokimdan foyda topishiga dalildir. Agar buning aksini ko‘rsa, hokimdan ranj yetishini bildiradi. Agar podshoh oldiga janjal uchun borganini ko‘rsa, hojati ravo bo‘lishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushida odamlar bilan sababsiz xusumatlashganini ko‘rsa, odamlar undan g‘am chekishlariga dalildir, chunki u odamlarga ozor berishini istovchi kishidir.