Tushda farj (ayol kishi jinsiy azosi) | Тушда фарж (аёл киши жинсий аъзоси)
FARJ Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, erkak kishi tushida ayollarniki kabi farji borligini ko‘rsa, xor va bechora bo‘lishiga dalildyr. Agar bir kishi u bilan jimo (jinsiy aloqa) qilganini ko‘rsa, o‘sha odam hojatini chiqarishiga dalildir. Agar ikkita xotin o‘zlarida bitta farj borligini ko‘rsalar, o‘sha ikki xotin bitta erkakniki bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, agar ayol kishi tushida o‘z farjini po‘lat yoki misdan ekanini ko‘rsa, maqsadiga yetishdan noumid bo‘lishlariga dalildir. Agar ayol kishi o‘z farjining kesilganini ko‘rsa, dushman ustidan g‘alaba qazonishiga dalildir. Agar ayol kishi farjidan baliq chiqqanini ko‘rsa qiz tug‘ilishiga dalildir. Agar ayol kishi farjida mushuk chiqqanini ko‘rsa, o‘g‘ri va yo‘lto‘sar farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar ayol kishi farjidan ilon chiqqanini ko‘rsa, nobakor qiz tug‘ilishiga dalildir. Agar ayol kishi farjidan ilon yoki chayon chiqqanini ko‘rsa, o‘ziga dushman bo‘ladigan farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar farjidan qurt yoki chumoli chiqqanini ko‘rsa, past himmatli farzand tug‘ilishiga dalildir.
Ayol kishi tushida farjidan non chiqqanini ko‘rsa, kambag‘al va nochor bo‘lishiga dalildir. Agar farjidan kunjut chiqqanini ko‘rsa, eri uni yaxshi ko‘rishiga dalildir. Agar farjidan qon chiqqanini ko‘rsa, eri hayzi bor vaqtda jimo (jinsiy aloqa) qilishiga dalildir. Agar farjidan yiring oqqanini ko‘rsa, qobil va soz f arzand tug‘ilish iga dalildir. Agar f arj ida notiniq suv oqqanini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Agar farjidan olov chiqqanini ko‘rsa, farzandi jahon mulkini olishiga dalildir.
Agar bir kishi farj ini yirtib yuborganini ko‘rsa, o‘sha kish idan foyda topishiga dalildir.
Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, agar farjidan mo‘y o‘sib chiqqanini va u juda ko‘p ekanini ko‘rsa, farzandi sababli g‘amga tushishiga dalildir. Agar farjidan mo‘y yo‘kdigini ko‘rsa, shod bo‘lishiga dalildir. Agar farjining shishib ketganini ko‘rsa, mol topishiga dalildir. Agar homilador bo‘lmasa, o‘g‘lining o‘limiga dalildir. Agar f arj idan gavhar yoki marvarid chiqqanini ko‘rsa, olim va taqvodor farzand tug‘ilishiga dalildir.