Tushda go’r, go’riston, qabriston, mozor, qabr | Тушда гур, гуристон, кабристон, мозор, кабр
GO‘R (GO‘R) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi go‘r zindon, ya’ni qamoqni bildiradi. Tushida o‘zi uchun o‘zi go‘r kavlaganini ko‘rsa, ahvoli tang bo‘lishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, o‘sha go‘r kavlagan joyida o‘zi uchun uy qurishini bildiradi. Tushida uni go‘rga qo‘yganlarini ko‘rsa, ahvoli og‘ir bo‘lishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: So‘ngra unga o‘lim berib, qabrga kiritdi (Abasa surasi, 21-oyat).
Tushida uni go‘rga qo‘yganlarini va boshidan tuproq tortganlarini ko‘rsa, dinida nuqson bo‘lishi va dunyodan tavbasiz ketishiga dalildir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘zi go‘rga kirganini ko‘rsa, qamoqqa solishlariga dalildir. Tushida go‘rga kirib, u yerda o‘lganini ko‘rsa, qamoqda o‘lishiga dalildir. Tushida uning tomi ustida go‘r kavlaganlarini ko‘rsa, uzoq yashashiga dalildir.
Agar go‘r ustida turganini ko‘rsa, gunoh ustida doimiy bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘zini go‘rda o‘lik holda ko‘rsa va Munkar Nakir uni savolga tutsa, o‘sha diyor podshohi uni qidirishiga dalildir. Agar Munkar Nakirga xato javob aytganini ko‘rsa, podshoh azobidan ojiz qolishiga dalildir. Uni tushida go‘rdan chiqarib, dorga osganlarini, yana qaytib go‘rga qo‘yganlarini ko‘rsa, podshoh uni e’zozlashi va sarpo kiydirishiga, so‘ng qamoqqa solishiga dalildir.
GO‘RISTON, MOZOR (GO‘RISTON) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi go‘riston dini va dunyosi buzuq hamda g‘amu pushaymonda bo‘lgan nodon kishilar bilan suhbatdosh bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida go‘rdagilarni ziyorat qilganini ko‘rsa, qamokdagilarni ziyorat qilishiga dalildir.
Tushida go‘ristonda yomg‘ir yoqqanini ko‘rsa, Haq subhonahu va ta’olodan go‘rdagilarga rahmat bo‘lganiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, badavlat kishi tushida go‘ristonda ketayotgani va go‘rlarga salom berayotganini ko‘rsa, kambag‘al bo‘lishi va odamlardan gadoylik qilib narsa so‘rashiga dalildir, chunki go‘riston bechoralarning joyidir. Tushida tanish qabristonda ekanini va murdalar go‘rlaridan tirilib chiqqanlarini ko‘rsa, o‘sha mavze odamlariga qiyinchilik va tanglik yetishiga dalildir. Tushida odamlar go‘rlarni ochayotganlarini, go‘rdagilarning ba’zisi o‘lik, ba’zisi tirik ekanini ko‘rsa, o‘sha viloyatda qiyinchilik yuz berishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi go‘riston uch narsaga dalildir: qamoqqa; g‘amga; mehnat va baloga.