Tushda jaroxat | Тушда жарохат

JAROXAT (ZAXM) Ibn Sirinning aytishicha, agar kishi o‘z tanida jarohat borligini, biroq qoni yo‘qligini ko‘rsa, jarohat yetkazuvchi ustidan zafar qazonishiga dalildir, bundan tashqari, yaxshilik va foyda ko‘rishini ham bildiradi.
Jarohat yetkazilgan joydan qon oqayotganini va badani qonga bo‘yalganini ko‘rsa, harom mol topishiga dalildir.
Kirmoniyning aytishicha, agar kishi badaniga jarohat yetgani va undan chiqqan qonga bo‘yalganini ko‘rsa, jarohatdan chiqqan qonning mikdoriga qarab moliga nuqson yetishini bildiradi.
Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi jarohat uch narsani bildiradi: g‘alabani; yaxshilik va foydani; moliga nuqson yetishini, xususan, jarohat yeridan qon oqayotganini ko‘rsa.
Jobirning aytishicha, jarohat yetgan odam yuz berishi mumkin bo‘lgan og‘irchilikda qolishiga dalildir. Agar jarohatdan qon oqayotganini ko‘rsa, birorta kishi unga yolg‘on so‘z aytishiga, oxiri bu so‘z yolg‘on ekani ma’lum bo‘lishiga dalildir. Agar jarohat yetgan joyda shish borligini ko‘rsa, boylik va xush hayot topishiga dalil bo‘ladi, biroq do‘stlari va qarindoshlaridan uzoqlashishga dalildir.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *