Tushda ka’ba | Тушда каъба
KA’BA (KA’BA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha agar tushida Ka’bani tavof qilganini ko‘rsa, dinning sozligiga dalildir.
Tushida ehrom kiyganini va Ka’baga yuzlanganini ko‘rsa, uning salohiyati ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar tushida o‘z uyining Ka’ba bo‘lib qolganini va odamlar ziyorat qilayotganlarini ko‘rsa, omonatni yaxshi saqlashi, qadru manzalat topishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, Ka’baning asl mohiyati iymon va musulmonlikdir. Agar tushida o‘zini Ka’bada ko‘rsa, dushmanning ziyonidan omon bo‘lishi va duosi mustajob bo‘lishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Unga (Ka’baga) kirgan kishi omonda bo‘lur. . . (Oli Imron surasi, 97-oyat).
Agar tushida yuzini Hajar ul-Asvodga qo‘yganini va o‘pganini ko‘rsa, Haj qilishiga dalildir. Agar tushida Hazrati Rasululloh (s.a.v.) qabrlarining ziyoratiga borsa yoki Maqomi Ibrohimda turganini ko‘rsa, Hajga borishi va sog‘u salomat qaytib kelishiga dalildir. Agar o‘zini Ka’baning tomida ko‘rsa, mazhabi buzuq bo‘lishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda Ka’bani ko‘rish to‘rt narsaga dalildir: xalifaga; imomga; iymon va musulmonlikka va xavfdan omon bo‘lishga.
Nobulsiy: Kaba tushda xalifa, vazir, rais yoki uylanishdir. Gohida kabani ko’rgan kishi unga kiradi. Kim tushida kabani ko’rsa, u yaxshilik bashorati yoki undan qasd qilgan yomonlikning ketishidir. Agar kishi u yerda namoz o’qiganligini ko’rsa, u rais yoki ulug’ imom tomonidan biror ish kilishga imkon topadi va dushmanidan tinch bo’ladi, yaxshilikka erishadi. Agar kabaga kirsa, xalifa yoniga kiradi, agar undan biror narsa olgan bo’lsa, xalifa tomonidan biror narsaga erishadi. Agar kaba devorlaridan birini qulaganligini ko’rsa, bu xalifaning vafotiga dalolat qiladi. Agar kabaga borib, u yerda biror ibodat qilmasa, Allox buyurgan farzlar, kasam kafforati va nazr kafforotni bajarib, Allox huzuriga keladi va xavfdan omon bo’ladi. Agar makkada biror ishga ega bo’lsa, u boshlik ishlaridan bir ishga ega bo’ladi. Agar tushida kabadan bir anor o’g’irlaganligini ko’rsa, u ehromlik bo’lib kelur. Agar kishi tushida kaba tomonga yuzlanganligini ko’rsa va unga tomon borsa, uning dini yaxshi bo’ladi. Agar o’zini makkada o’liklar orasida ko’rsa-yu, ular uni so’rashayotgan bo’lishsa, u shahid bo’lib vafot etadi. Agar tushida kabada tahorat ushatib qo’yganligini ko’rsa, katta imom — boshlik bir musibatga yo’liqur. Agar tushida kaba uning hovlisida ekanligini ko’rsa, u saltanat, xodimlar va kishilar orasida yaxshi nomga ega bo’lur. Lekin kabani yomon holatda ko’rsa, bu uy egasi uchun yaxshilik emas. Agar tushida hovlisi kaba bo’lganligini ko’rsa, kaba musulmonlarning imomi bo’lib, u doimo boshlik bilan birga bo’ladi.