Tushda kurak, yelka | Тушда курак, елка
KURAK, YELKA (SHONA) — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi odam kuragi ayol bo‘ladi. Agar tushda kuragining katta va kuchli ekanini ko‘rsa, xotin olishiga dalildir. Agar sigir yoki qo‘yning kuragini topib olsa, u ham xotin oladi. Agar yelkasi sinib qolganini ko‘rsa, ayoli o‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, agar tushda kurak go‘shtlarini ajratayotganini va tomirlar ko‘rinib turganini ko‘rsa, o‘sha yili mashaqqatlar ko‘p bo‘lishiga dalildir. Agar aksini ko‘rsa, ta’biri ham aksincha bo‘ladi. Agar kurakda qoralikni ko‘rsa, o‘sha yili ofat va balolar yuz berishiga dalildir. Agar kurakda qizillik va qoralik bo‘lsa, o‘sha yili narxlar arzon bo‘lishiga
dalildir. Agar kurakda sariqlikni ko‘rsa, bemorlikka dalil bo‘ladi. Agar atrofida ko‘plab chiziqlarni ko‘rsa, o‘sha yili o‘lim ko‘p bo‘lipxiga dalildir.