Tushda mo’ylov | Тушда муйлов
MO‘YLOV (BURUT) Tushdagi mo‘ylov kishining haybatiga dalolat qiladi. Agar kishi tushida mo‘yloviga qaychi bilan oro berayotganini ko‘rsa, ta’biri yaxshi bo‘ladi va unga zarar yetmaydi. Agar mo‘yloviga oro berayotib, ularni yulib olsa yoki qirib tashlasa, uning haybatiga nuqson yetishini bildiradi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, mo‘ylovining uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, uning quvvati ziyoda bo‘lishiga dalildir. Kimdir mo‘ylovini yulib olganini ko‘rsa, bir kishi bilan dushmanlik qilishini bildiradi. Agar mo‘ylovining oq bo‘lib qolganini ko‘rsa, qilish mumkin bo‘lmagan ishdan yuz o‘girishiga dalildir.
Agar mo‘ylovi qisqa bo‘lsa, izzat va obro‘yiga dalil bo‘ladi.