Tushda munajjim | Тушда мунажжим
MUNAJJIM (MUNAJJIM) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida munajjim bo‘lganini ko‘rsa, podshoh va ulug‘lar oldida izzat topishiga, obro‘yi baland bo‘lishiga, biroq yolg‘on va mahol so‘zlar aytishiga, xususan, yulduzlar hukmi haqida so‘zlaganda shunday qilishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida yulduz ilmi va falaklar hay’ati haqida so‘zlaganini ko‘rsa, podshoh hamda ulug‘lar uni hurmat qilishlariga dalildir. Agar yulduz hukmlari haqida so‘zlaganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi munajjim Xudoyi ta’ologa shukr aytmaydigan yolg‘onchi kishi bo‘ladi.