Tushda muskat yong’og’i | Тушда мускат ёнгоги
MUSKAT YONG‘OG‘I (GAVZI BUYo) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi muskat yong‘og‘i dinning sozligi va shari’at ilmini o‘rganishdir. Tushida muskat yong‘og‘ini yeganini ko‘rsa, din yo‘lini ixtiyor qilishiga va shari’at ilmini o‘rganishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida muskat yong‘og‘i ko‘pligini, undan yeganini va odamlarga berganini ko‘rsa, ilm va hikmatda yagona bo‘lishi va bu ilmdan o‘zi ham, o‘zgalar foydalanishini bildiradi. Tushida muskat yong‘og‘i borligini, biroq hech kimga bermaganini ko‘rsa, bu ilmdan o‘zi va na boshqalar foydalanmasligiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, tushda muskat yong‘og‘ini yeyish yulduz ilmini o‘rganishga dalildir.