Tushda muz | Тушда муз
MUZ (YaX) — Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi muz g‘amu anduhni bildiradi, xususan, agar uni o‘z vaqtida ko‘rsa. Tushida muz yeganini ko‘rsa, ko‘p rizq topishiga dalildir. Tushida toza muzni o‘z uyiga olib borganini ko‘rsa, uning miqdoricha mol yig‘ishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida yozda toza muzni ko‘rsa, halol mol yig‘ishiga dalildir. Agar muz kir va achchiq bo‘lsa, harom mol yig‘ishiga dalildir. Agar qishda toza muzni ko‘rsa, hayotni xush o‘tkazishga, hayotidan foydalar ko‘rishiga, do‘stlarning ko‘ngli undan shod bo‘lishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushda sovuq yerlarda muzni ko‘rsa xayru manfaatga, tandurustlikka dalildir, issiq yerda qahat va ochlikka dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, sovuq yerlarda muz va chaqmoqni ko‘rish farovon ne’matga dalildir. Issiq mamlakatlarda qahat va anduhga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi muz olti narsani bildiradi: keng rizqni; tirikchilikni; molni; arzon narxni; g‘amu anduhni; ocharchilikni.