Tushda obodonlik, obodonlashtirish | Тушда ободонлик, ободонлаштириш

OBODONLIK (OBODONIY) — Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Agar xarob joyni, masalan, masjid, madrasa, xonaqoh va shunga o‘xshash yerlarni obod qilayotganini ko‘rsa, o‘zida hosil bo‘ladigan sof din, aqlu zakovat va oxirat savobiga dalildir. Xarob yerni, masalan, saroy, do‘kon va shunga o‘xshashlarni o‘zi obodon qilayotganini ko‘rsa, bu jahonning xayriyat va foydalariga ega bo‘lishiga dalildir.
Obod joy yiqilib, xarob bo‘lganini ko‘rsa, o‘sha joy axdiga balo va musibat yetishiga dalolat qiladi. Jobir Mag‘ribiy (r.a,)ning aytishicha, kimki o‘zini obodon joyda muqim yashayotgan bo‘lib ko‘rsa, obodonlikni katta-kichikligi mikdoricha xayru manfaat ko‘rishga dalolat qiladi. Agar aksini ko‘rsa, unga ziyon va zahmat yetishiga dalildir.
Hazrati Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, obodonlikni ko‘rish to‘rtta narsaga dalolat qiladi: bu dunyo ishlarining soz bo‘lishiga; xayru manfaatga; murodu maqsad hosil bo‘lishiga; yurishmay qolgan ishlarning yurishib ketishiga.
Ma’luming bo‘lsinki, barcha narsaning tirikligi suv bilan, Alloh ta’olo aytadi: Kofir bo‘lganlar osmonlar ham, Yer ham (avvalda) yaxlit bo‘lganini, bas, Biz ularni yorib yuborga-nimizni va barcha tirik mavjudotni suvdan (paydo) qilgani-mizni ko‘rmadilarmi?! (Anbiyo surasi, 30-oyat).



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *