Tushda odamlar | Тушда одамлар
ODAMLAR (MARDUMON) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida ko‘pgina odamlarni ko‘rsa va ularning ustida yashil liboslari bo‘lsa, bu orom, shodlik va dini poklikka dalildir.
Tushida odamlarning qora va kir libosda ekanliklarini ko‘rsa, buning aksi bo‘ladi. Odamlar ko‘k libosda ekanliklarini ko‘rsa, musibat va anduhga dalil bo‘ladi. Odamlar yangi va keng kiyimda ekanliklarini ko‘rsa, ne’matning farovon bo‘lishi va hayotning yaxshi bo‘lishiga dalildir.