Tushda olat | Тушда олат

Ibn Sirin: Agar erkaklar jinsiy a’zosini ko’rgan hotin kishi bo’lsa, eridan ajrashadi. Kim daryoga siysa, molga erishadi. Uylanmagan yigit hammomda bavl qilsa, uylanadi. Uylangan bo’lsa, hotini uchun mol sarflaydi. Agar biror idishga siysa, bo’ydoq bo’lsa uylanadi.

OLAT (ZAKAR) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi erlik olati muborak va nom chiqaruvchi farzand bo‘ladi. Har kim tushida ikki olati borligini ko‘rsa, ham farzand bo‘lishi, ham ulug‘likka erishiga dalildir. Tushida olati kesilganini ko‘rsa, farzandining o‘lishiga dalildir. Tushida o‘z olatini o‘zi kesganini ko‘rsa, farzand bo‘lmasligiga dalildir. Tushida olatining sust bo‘lganini ko‘rsa, farzandining bemor bo‘lishini bildiradi.
Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, olatning kattaligi farzandlarning ko‘pligi va mashhur bo‘lishiga dalildir, olatning kichikligi buning aksidir. Tushida olati shoxlarga o‘xshab ko‘payib turganini ko‘rsa, farzandlarining ko‘payishini bildiradi.
Tushida olatidan baliq chiqqanini ko‘rsa, qiz farzand tug‘ilishini bildiradi. Olatidan mushuk chiqib ketganini tush ko‘rsa, o‘g‘ri va qaroqchi farzand tug‘ilishiga dalildir. Olatidan qush chiqqanini tush ko‘rsa, o‘sha qushning qandayligi bilan ta’bir qilinadi.
Agar olatidan sichqon chiqqanini tush ko‘rsa, xayriyati bo‘lmagan nobakor qiz tug‘ilishiga dalildir. Olatidan ilon chiqqanini tush ko‘rsa, o‘ziga dushman bo‘ladigan o‘g‘il tug‘ilishiga dalildir. Olatidan chayon chiqqanini tush ko‘rsa, ilon ta’birini bildiradi.
Olatidan chayon va chumoli chiqqanini ko‘rsa, pastkash, yaramas hamda a’zo tuzilishi zaif farzand tug‘ilishini bildiradi.
Olatidan non chiqqanini tush ko‘rsa, xotini va farzandi kambag‘al bo‘lishiga dalildir. Olatidan kunjut chiqqanini ko‘rsa, biror kishi uning xotinini pinhona yaxshi ko‘rishiga dalildir. Olatidan yiring chiqqanini ko‘rsa, ta’biri yuqoridagining aksidir. Olatidan maniy (erlik urug‘i) chiqqanini ko‘rsa, uning mikdoriga qarab mol topishiga dalildir. Olatidan qon chiqqanini tush ko‘rsa, hayzli ayol bilan qovushishiga dalildir.
Olatidan olov chiqqanini, olovning yarmi Sharqqa, yarmi G‘arbga ketganini ko‘rsa, G‘arbu Sharqning podshohi bo‘ladigan farzand tug‘ilishiga dalildir. Olatidan go‘ng chiqqanini ko‘rsa, bachavozlikka moyil ekanini bildiradi. Tushida olati uyg‘ongani va qotganini ko‘rsa, baxtu iqboli mustahkam bo‘lishini bildiradi. Tushida olati mahkam va uzun bo‘lganini ko‘rsa, bolalari ko‘payishiga dalildir. Olatining atrofidan parlar o‘sib chiqqanini ko‘rsa, nomi o‘z diyorida mashhur bo‘lishini, hurmat va e’tibori oshishini bildiradi.
Tushida o‘z moyagini joyidan chiqarib, yana o‘rniga qo‘yganini ko‘rsa, farzandi o‘lib, boshqa farzand tug‘ilishiga dalildir.
Olatidan mo‘y o‘sib chiqqanini ko‘rsa, farzandi tomonidan shod bo‘lishini bildiradi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushida olati o‘zidan judo bo‘lganini ko‘rsa, farzandi o‘lishi yoki molining talon-taroj bo‘lishini bildiradi. Tushda olatning harakatga kelishi kuchu quvvat va rizqning farovon bo‘lishiga dalildir. Tushida olatining yorilib, qon ravon bo‘lganini ko‘rsa, moliga ziyon va farzandiga o‘lim kelishiga dalildir. Tushida olatining shishib ketganini ko‘rsa, moli ko‘payishini bildiradi. Tushida bir guruh uning olatiga urganlarini ko‘rsa, maishatining buzilishini bildiradi. Agar olatining o‘rtasidan bog‘lab qo‘yilganini ko‘rsa, guvohlik berishdan qaytishini bildiradi. Ayol kishi tushida olati borligini ko‘rsa va o‘zi homilador bo‘lsa, o‘g‘il tug‘ilishini, biroq bolasi o‘lishini bildiradi, agar homilador bo‘lmasa, homilador bo‘lishini bildiradi. Tushida olatining ingichka ekanini ko‘rsa ham yuqoridagi ta’birni beradi.
Tushida olatining ba’zi qismi kesilganini ko‘rsa, farzandi o‘lishi yoki molining taroj bo‘lishini yoxud obro‘yi tushishini bildiradi. Agar olatining teshigidan marvarid va javohirlar chiqqanini ko‘rsa, olim va taqvodor farzand tuqilishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda olatni ko‘rish yetti narsaga dalildir: farzandgi; oila a’zolariga; molga; umrga; ulug‘likka; hojatini qidirishga; izzat; hurmat va ahvolning yaxshi bo‘lishiga.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

комментария 2

  1. Sen jinnisan:

    E qanaqa doniyol a s solmin bor a sal oylab yoziwmesami ozlarindan ozlarin toqib icinda yoziwasan

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *