Tushda olma | Тушда олма

OLMA (SIB) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi olma agar ko‘k bo‘lsa, farzandni bildiradi, qizil bo‘lsa, podshoxdan keladigan foydani, oq bo‘lsa, savdogarlardan keladigan foydani, sariq va nordon bo‘lsa, bemorlikni bildiradi. Agar tushida oq olmani ikkiga bo‘lganini ko‘rsa, biror ishda sherik bo‘lgan kishidan judo bo‘lishni bildiradi. Agar qizil olmani daraxtdan olganini va yeganini ko‘rsa, oilasida qiz tug‘ilishiGa dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi olma xayriyatni bildiradi. Agar olma achchiq bo‘lsa, noxush xabarni, shirin bo‘lsa, yaxshi xabarni bildiradi.
Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushida olmasini borligini ko‘rsa va uni yesa, foyda topadi. Olma tush ko‘ruvchining himmatini va uning sifatini bildiradi. Agar podshoh tushida olma ko‘rsa, mamlakat topishiga dalildir. Agar olmani savdogar ko‘rsa, tijorati yaxshi bo‘lishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi olma yetti narsaga dalildir: farzandga; foydaga; bemorlikka; kanizakka; molga; ulug‘likka; tush sohibining himmatiga.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *