Tushda parda | Тушда парда
PARDA Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda parda osilganini ko‘rsa, agar u parda xoh yupqa bo‘lsin, xoh qalin bo‘lsin, g‘amu anduh, qo‘rqinch va vahimani bildiradi, biroq oxirida ishlari yaxshi natijalar bilan tugaydi. Agar katta saroyning eshigida yoki masjidning eshigida yoki bozorning o‘rtasida parda osilganini ko‘rsa, g‘amu anduh va katta qo‘rqinch yuz berishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, agar pardaning yo‘qolib qolganini ko‘rsa, pardaning egasi g‘amu qayg‘udan qutulishi, qo‘rqinch va vahimadan omonlik topishiga dalildir. Pardani ko‘rsa va u ma’lum va tanish bo‘lmasa, qayg‘u qamning og‘irroq bo‘lishini bildiradi, agar ma’lum va tanish bo‘lsa, qayg‘u g‘amning yengilroq bo‘lishini bildiradi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, yangi parda podshoh uchun yaxshi bo‘ladi, xalq uchun yomondir. Eski parda barcha holatda ham yomon bo‘ladi.