Tushda pishloq | Тушда пишлок
PISHLOQ, (PANIR) — Muhammad ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi pishloq, agar qurug‘i bo‘lsa, safardan hosil bo‘ladigan ozgina molni bildiradi. Ho‘l pishloq esa safarda emas, muqimlikda hosil bo‘ladigan ko‘p molni bildiradi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, xo‘l pishloq osonlik bilan qo‘lga kiradigan molu ne’matni bildiradi, quruq pishloq esa ozgina foyda beradigan safar molini bildiradi. Agar tushida non bilan pishloq yeyayotganini ko‘rsa, g‘am anduh bilan safardan hosil bo‘ladigan ozgina molni bildiradi. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha unga bir illat yetadi, lekin undan tezda xalos bo‘ladi.