Tushda qirg’ovul qushining bir turi (durroj) | Тушда кирговул кушининг бир тури (дуррож)
QIRG‘OVUL qushining bir turi (DURROJ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi durroj eriga quloq solmaydigan chiroyli ayoldir. Tushida durrojni tutib olganini yoki kimdir berganini ko‘rsa, yuqorida aytilgan sifatli ayolga uylanishini bildiradi. Tushida durroj go‘shtidan tanovul qilayotganini ko‘rsa, yegani mikdoricha ayol molidan o‘marishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushida ko‘pgina durrojlari borligini va ular o‘zining mulki ekanini ko‘rsa, ularning mikdoricha ayollar va kanizaklarga ega bo‘lishini bildiradi. Tushida durroj qo‘lidan uchib ketganini ko‘rsa, xotinini taloq qilishiga dalildir.