Tushda qo’tir | Тушда кутир
QO‘TIR (KO‘RR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qo‘tir — mol va dunyo bo‘ladi. Agar tushida badanida qo‘tir paydo bo‘lganini, biroz qichishayotgani va unda yiring ham borligini ko‘rsa, mashaqqat va qiyinchilik bilan mol hosil qilishiga da-lildir. Agar tushida qo‘tir barcha a’zosidan to‘kilib, yo‘q bo‘lib ketganini ko‘rsa, mol to‘plashi va molining yo‘q bo‘lishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, badanida xiralik yoki qoralik bo‘lsa, topgan moli haromdan bo‘lishiga dalildir.