Tushda shisha idish | Тушда шиша идиш
SHISHA IDISH (QINNINA) — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi shisha idish uy kalitlari topshirib qo‘yiladigan xodim bo‘ladi. Agar tushida shisha idishi borligini, unda gulob, suv yoki ichish halol bo‘lgan narsa borligini va undan ichganini ko‘rsa, halol mol topishiga dalildir. Agar shisha idishda harom narsa bo‘lib, undan ichganini ko‘rsa, unga o‘sha xodimdan biror narsa hosil bo‘lishiga dalildir. Agar shisha idish singanini yoki yo‘q bo‘lib qolganini ko‘rsa, xodimi qochib ketishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi idish narsalar uning qo‘lida turadigan xodimdir
An-Nobulsiy: U tushda ziynatli semiz cho’ridir. Idish shishadan bo’lsa soliha ayolga, jilg’aga va chiroyli do’stga dalolatdir. Shuningdek sir saqlay olmaydigan ayolga ham.