Tushda shohlar (hayvonlar shohi)| Тушда шохлар (хайвонлар шохи)

SHOXLAR (SURUNHO) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi shoxlarning hammasi yaxshidir. Agar sigir shoxini ko‘rsa, o‘sha yili u ko‘p foyda topishiga dalildir. Agar shox kattaroq bo‘lsa, foyda ham kattaroq bo‘ladi. Agar havoda bir
shoxning muallaq va osilgan holda turganini ko‘rsa, o‘sha diyor xalqiga xayru manfaat yetishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, boshida ikkita shox borligini ko‘rsa, bir ulug‘ odamdan ko‘mak olishiga dalildir. Agar boshida shoxlarning ko‘pligini ko‘rsa, g‘am va andux, yetishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, agar bitta shoxga egaligini ko‘rsa, ishlari yaxshi bo‘lishi, umrini xurramlikda o‘tkazishiga dalildir. Agar odamlarni o‘sha shoxi bilan suzayotganini ko‘rsa, odamlarga yomonlik yetkazishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, dashtda yuradigan to‘rt oyoqli hayvonlarning shoxlari xayru manfaatga dalildir. Uylardagi chorva hayvonlarining shoxlari buning aksidir.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *