Tushda sirot ko’prigi | Тушда сирот кцприги
SIROT KO‘PRIGI (SIROT) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida Sirot ustida turganini ko‘rsa, egri ishlar u bilan to‘g‘ri bo‘lishiga dalildir, chunki Sirot to‘g‘ri yo‘ldir. Agar Sirotdan o‘tganini ko‘rsa, ulug‘ balo va o‘limdan omon qolishiga dalildir. Agar Sirotdan Do‘zaxga qulaganini ko‘rsa, ranju balo va musibatga duchor bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, agar tushida Sirotdan o‘tganini ko‘rsa, oxirat yo‘lini tanlashi va solih amallar qilishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi Sirot olti narsani bildiradi: to‘g‘ri yo‘lni; og‘ir ishni; qo‘rqinchni; sulton tomonidan yetadigan rohatni; gunohni; nifoqni.