Tushda son (oyoq soni) | Тушда сон (оёк сони)

SON (RON) (Tana a’zosi) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi son qarindoshlarning quvvatiga dalildir. Tushida sonining singanini yoki tushib qolganini ko‘rsa, qarindoshlaridan judo bo‘lishini, tani zaiflashishini, g‘urbatda halok bo‘lishini bildiradi. Tushida birovning sonini tilib tashlaganini ko‘rsa ham shu ta’birni bildiradi.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushdagi o‘ng son ota tomonidan bo‘lgan qarindoshlarga, chap son ona tomonidan bo‘lgan qarindoshlarga dalildir. Tushida sonining ingichkalashib qolganini ko‘rsa, qarindoshlarining ishlari zaif bo‘lishini bildiradi.
Tushida soni kesilganini ko‘rsa, qarindoshlaridan uzoqlik qidirishini bildiradi. Tushida soni sinib ketganini ko‘rsa, bir ulug‘ martabali kishidan xorlik tortishiga dalildir. Tushida sonidagi go‘shtlari tushib ketganini ko‘rsa, qarindoshlarining mollari yo‘q bo‘lishini bildiradi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida sonlari iplar bilan bog‘langanini ko‘rsa, qarindoshlaridan ajralib qolmasligi va nikoh bilan bog‘lanishini bildiradi. Tushida sonining go‘shtidan yeyayotganini ko‘rsa, yeganiga qarab, o‘z qarindoshlarining molidan yeyishini bildiradi.
HIKOYaT, Hikoya qilishlaricha, bir kishi Ibn Sirin (r.a.)ning oldiga kelib: Tushimda sonimdan teshik ochilganini va uning yuzidan mo‘ylar o‘sib chiqqanini ko‘rdim, bir kishiga sonimdagi mo‘ylarni qirib tashlashni buyurdim, — dedi. Ibn Sirin (r.a.) unga: Sening qarzing bor ekan, yaqinlaringdan
bir kishi qarzingni to‘lab yuboradi,-dedi. O‘sha oyda uning qarindoshlaridan biri kelib, ikki yuz dinor qarzini to‘lab berdi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda sonni ko‘rish to‘rt narsani bildiradi: ahli oilani; ishonish mumkin bo‘lgan do‘stlarni; molni va g‘azabni.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *