Tushda sulton | Тушда султон
SULTON (SULTON) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha tushida sulton biror saroyga, masjidga, shaharga yoki qishloqqa kirib kelganini ko‘rsa, o‘sha yerga ranj va musibat yetishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: . . .Aniqki, podshohlar qachon biror qishloqqa (bostirib) kirsalar uni vayron eturlar. . . (Naml surasi, 34-oyat).
Agar tushida sulton ustidan g‘alaba qilganini ko‘rsa, hojati ravo bo‘lishi va maqsadiga yetishiga dalildir. Agar sulton uning o‘ng qo‘lini kesib yuborganini ko‘rsa, unga qasam ichirishlariga dalildir. Agar sulton taxtidan qulaganini yoki taxti singanini, ot tepib yuborganini, qilichi singanini yoki sigir suzib yuborib, uni majruh qilganini ko‘rsa, bularning hammasi uning mamlakati zavol topishiga dalildir. Agar adolatli sultonni ko‘rsa, uning adolatiga yarasha sharaf va ulug‘lik topishiga dalildir. Agar sultonning katta gilam yoki palos yoyganini ko‘rsa, dunyo mulki unga bo‘lishi va uzoq umr ko‘rishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, agar sulton o‘z ishlarining yaxshi ekanini ko‘rsa umri va ulug‘ligi ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar o‘lgan sultonni ochiq yuzli va shod ko‘rsa, u bilan so‘zlashsa, ishlari yaxshi bo‘lishi va to‘xtab qolgan ishlarining yurishib ketishiga dalildir.