Tushda taom | Тушда таом

TAOM (TAOM) Doniyol (a.s.) aytadilarki, yetilib pishgan har qanday taom va sharbatlar, faqat meva shirasidan tashqari, ta’biri yomon bo‘ladi. Asosi yog‘ va asaldan iborat bo‘lgan shirinlikning ta’biri moldir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda yeyilishi qiyin va bemaza bo‘lgan har bir taomning ta’biri ranj va anduxdir.
Har qanday tursh taom bemorlikka dalildir, har qanday shirin taom aysh va xurramlikka dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida uyida taomi borligi va undan hamma yeganini ko‘rsa, umri tugaganligiga dalildir.
Tushida haddan ortiq taom yeganini va o‘rnidan turolmay qolganini ko‘rsa, uning o‘limiga dalil bo‘ladi. Agar tushida murdaning taom yeganini ko‘rsa, o‘sha taom qimmat bo‘lishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, agar tushida bir darvishga taom berganini ko‘rsa, g‘am, ranj, qo‘rquv va vahimadan ozod bo‘lishiga dalildir. Agar tushida bir g‘ayridinga taom berganini ko‘rsa, dushmanlariga qarshi Haq ta’olo unga ko‘mak berishiga dalildir.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *