Tushda taqinchoqlar, zebu ziynatlar | Тушда такинчоклар ва зебу зийнатлар
TAQINCHOQLAR VA ZEBU ZIYNATLAR (PIROYA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi taqinchoqlar ayollar uchun taqinchoqning qadru qimmatiga yarasha mol va ziynatga dalolat qiladi. Agar zebu ziynatlar gavharlar bilan orasta qilinganini va ularni taqib olganini ko‘rsa, ularning mikdoriga muvofiq halol mol hosil bo‘lishini bildiradi. Agar taqinchoqlarning yo‘qolib qolganini ko‘rsa, unga g‘amu anduh yetishiga dalildir. Agar erkak kishi xotin kishining taqinchoqlarini o‘zida ekanini ko‘rsa, g‘amgin bo‘lishini bildiradi.