Tushda taqsim qilmoq, bo’lishmoq | Тушда таксим килмок, булишмок
TAQSIM QILMOQ (QISMAT KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tog‘ orasida biror narsani taqsim qilayotganini ko‘rsa, odamlar orasida insofga amal qilishiga dalildir.
Agar tushida o‘z molini xayriyasi sifatida taqsim qilayotganini ko‘rsa, oilasida farzandlar tug‘ilishi va ularga molini taqsimlab berishiga dalildir. Agar molini yomonlik yo‘liga taqsimlab berganini ko‘rsa, moli talon-taroj bo‘lishiga dalildir. Agar birovning molini uning roziligi bilan taqsim qilganini ko‘rsa, agar bu taqsim yaxshilik yoki yomonlik yo‘lida bo‘lsa, uning yaxshi yoki yomonligi tush egasiga taalluqli bo‘ladi.