Tushda teri | Тушда тери
TERI (PO‘ST) Doniyol (a.s.)ning aytishicha, tushdagi odam terisi zebu ziynat va odamlar ustidan rahbarlikni bildiradi, o‘z terisini ko‘k yoki qora holda ko‘rsa, qayg‘u g‘am yetishiga dalildir. Agar oyoq terisini tiniq holda ko‘rsa, ishlari yo‘lga tushishini bildiradi.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushda barcha turdagi chorva hayvonlarining terisi, molu davlat bo‘ladi. Tuyaning terisi ulug‘ bir odamdan yetadigan merosdir. Qo‘y terisi uning sohibiga rizqu ro‘zdir. Agar daraxtning yashil terisini ko‘rsa, sohibining ro‘zadorligini bildiradi. Agar so‘yilgan narsaning terisini shilib olganini ko‘rsa, teri kimga mansub bo‘lsa, o‘sha odamdan mol olishiga dalildir. Agar teri olish uchun bir uy qurganini ko‘rsa va muallim bo‘lsa, bolalarga jabr qilishini bildiradi.