Tushda tizza | Тушда тизза
TIZZA (ZONU) Ibn Sirin aytadiki, tushdagi tizza tush ko‘ruvchining tirikchiligi va maishatiga dalildir. Agar tizzasini sindirib olganini ko‘rsa ishlari shikasta va beravnak, bo‘lishiga dalildir. Agar tizzasini katta va kuchli ekanini ko‘rsa, ishlari yaxshi va hayoti farovon bo‘lishiga dalildir. Agar tizzasi bilan yurayotganini ko‘rsa, ishi va tirikchiligi zaif bo‘lishiga dalildir. Agar tizza ko‘zining singanini ko‘rsa, ishlari yomon bo‘lishi va xalqqa muhtoj bo‘lib qolishiga dalildir. Agar tizzasining ko‘zi yerga tushib qolganini ko‘rsa, qo‘lidagi dastmoyasining yo‘qolishiga dalildir.
Kirmoniy aytadiki, tushdagi tizza odamning ish, kasb va maishatidir. Tizza qanchalik mustahkam bo‘lsa, uning ishi va kasbi shunchalik yaxshi bo‘ladi. Agar sust bo‘lsa, buning aksi bo‘ladi.
Jobir aytadiki, tushdagi tizza ish va kasb, rangi va qiyinchilik joyidir. Undagi ziyodalik va nuqsonning ta’biri aytib o‘tganimiz kabi bo‘ladi.