Tushda tova | Тушда това
TOVA Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi tova uy egasining xonadon ahliga va boshqalarga nafaqa qiladigan narsalarni amalga oshiradigan xizmatkor bo‘ladi. Agar yangi tova borligini yoki kimdir unga berganini ko‘rsa, uyida yaxshi xizmatkor paydo bo‘lishi yoki aksincha undan judo bo‘lishini bildiradi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tovada biror narsa pishirayotganini ko‘rsa, xizmatkorning ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Agar tovadan biror narsa yeyayotgan bo‘lsa, yegan narsasiga qarab, xizmatkordan xayru manfaat topishini bildiradi. Agar tovadagi ovqat achchiq va yoqimsiz bo‘lsa, xizmatkorga yetadigan g‘amu anduhga dalildir.