Tushda urug’lar, urug’ ekmoq | Тушда уруглар, уруг экмок

URUG‘LAR (TUXMHO) Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushdagi urug‘lar, agar nordon, achchiq va noxush bo‘lsa, bularning hammasi g‘am va andishaga dalolat qiladi. Biroq ta’mi shirin va yoqimli bo‘lsa, ozgina foydaga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushda urug‘larni ko‘rmoq va yemoq yaxshilikka dalil bo‘ladi. Bordi-yu chirigan yoki qurt yegan bo‘lsa buning aksidir.

URUG‘ EKMOQ (TUXM KOSHTAN) Ibn Sirin (r.a.) aytishicha, har kim tushida urug‘ sepganini va yana qaytib, urug‘ yig‘ib olganini ko‘rsa, sharaf va ulug‘lik topishiga dalil bo‘ladi.
Agar urug‘ sepgan yeridan hosil olib yeyayotganini ko‘rsa, dalili yuqoridagidan ham yaxshiroq bo‘ladi. Agar.sepgan yeridan hech narsa hosil bo‘lmaganini ko‘rsa, g‘amu anduhga dalil bo‘ladi.


Kirmoniy (r.a.) aytadiki, bug‘doy sepayotganini ko‘rsa, xayriyat va yaxshilik yetishini bildiradi. Agar arpa sepganini ko‘rsa, ko‘lida mol to‘planishiga dalildir. Agar tariq ekayotganini ko‘rsa, ozgina mol topishiga dalildir. Agar yasmiq, boqila, loviya va shunga o‘xshashlarni ekanini ko‘rsa, gamu anduh yetishiga dalildir.
Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, agar o‘z yerida urug‘ ekkanini ko‘rsa, xotin olishi va ishlarining yaxshilanishiga dalil bo‘ladi. Agar o‘zining ekin ekadigan joyini ekin ekilmagan holda ko‘rsa, u bilan boshqa bir odamning orasiga xusumat tushishga dalil bo‘ladi. Agar notanish bir yerga urug‘ ekkanini ko‘rsa, g‘azo qiladi, g‘azo unga oson ko‘chadi va yaxshilikdan topadi. Agar o‘z yeriga ekin ekayotganini ko‘rsa, uning uchun molu ne’mat hosil bo‘lishiga dalildir. Agar bug‘doy yoki daraxtni o‘z yeriga ekayotganini ko‘rsa, ekkan narsasining mikdoriga qarab, izzat va obro‘si ziyoda bo‘ladi.


Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda urug‘ sepmoq to‘rt narsani bildiradi: izzat va ulug‘likni; fitna-fasodni; harom molni; savdogarlikdan keladigan nafni.

An-nobulsiy: Yerga tashlangan har bir urug’ farzandga dalolat qiladi. Urug’ va shifobaxsh donlar zuxd va taqvo haqida yozilgan kitoblarga dalolat qiladi. Shuningdek urug’lar salohiyatli naslga ham ishoradir. Tarra, oshqovoq va tarvush urug’lari g’am-tashvishni ketishi va kasallikdan tuzaloshga dalolat qiladi. Bodring, qand lavlagi va piyoz urug’lari o’z mevalariga, rayhon va paxta urug’lari esa kasallar uchun shifoga dalolatdir.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *