Tushda usturlob | Тушда устурлоб
USTURLOB. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi usturlob podshohning do‘stlari va ulug‘ kishini bildiradi. Agar usturlobga ega bo‘lganini yoki birovdan sotib olganini ko‘rsa yoki kimdir unga bersa, podshohning do‘sti yoki qavmining ulug‘i bo‘lishiga dalildir. Agar usturlobi yo‘qolib qolganini yoki singanini ko‘rsa, izzat va obro‘yiga nuqson yetadi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, usturlobdan quyoshga qarayotganini ko‘rsa, podshohlar yoki amirlar ishi bilan mashg‘ul bo‘lishi va ulardan foydalar ko‘rishiga dalildir.
Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, tushdagi usturlob saboti yo‘q va ishlarda mustahkam qarori bo‘lmagan kishini bildiradi.