Tushda vayronlik| Тушда вайронлик
VAYRONLIK (VAYRONIY) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi uy, do‘kon va shunga o‘xshashlarning vayronligi dinda yo‘ldan adashishga dalildir. Tushida vayronani obod qilayotganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida obod yerning vayron bo‘lganini ko‘rsa, o‘sha yer odamlari balo va musibatga tushishlariga dalildir. Tushida eski vayronani obod qilganini ko‘rsa, tush sohibining ishlari soz bo‘lishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, vayronalik Yaratuvchining ishlaridan bo‘lsa, tush ko‘ruvchiga foydadir, agar bandaning ishi bo‘lsa, ta’biri aksincha bo‘ladi.