Tushda xamir qormoq | Тушда хамир кормок

XAMIR QORMOQ (XAMIR KARDAN) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, undan xamir qormoq dinning durust bo‘lishini bildiradi. Tushda bug‘doy unidan xamir qorayotganini ko‘rsa, tijoratdan mol hosil bo‘lishini bildiradi. Oshgan xamir yaxshilikka dalolat qilmaydi. Tushda tariq unidan xamir qormoq arzimas foydani bildiradi. Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida xamir topsa yoki sotib olsa yoki kimdir unga bersa, agar bu xamir arpa unidan bo‘lsa, dindorligi va solihligiga dalildir, bordi-yu bo‘g‘doy unidan qilingan bo‘lsa, uning mikdoricha tijoratdan hosil bo‘ladigan molga, agar tariq unidan qilingan bo‘lsa, ozgina molni bildiradi. Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi xamir uch narsaga dalildir: din borasida ziyodalikka; foydaga; halol molga.


Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *