Tushda xat | Тушда хат, мактуб
XAT, MAKTUB (NOMA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida boshi bekitilgan xatni ko‘rsa, yashirin narsa haqida eshitishiga dalildir. Agar xat bekitilmagan, ochiq bo‘lsa, biror narsaning fosh bo‘lishiga dalildir. Agar xat muhrlangan bo‘lsa, unga yetadigan narsa yaxshi ekaniga dalildir.
Kirmoniy (r.a )ning aytishicha, tushida kimdir unga xat berganini va u xatni o‘qiganini ko‘rsa, birovdan unga yaxshilik yetishiga dalildir. Agar xatning boshlanishi (unvoni) bo‘lmasa, g‘amu anduhga dalil bo‘ladi. Agar boshlanishi bo‘lsa, muhr urilgan bo‘lsa, biroq xatni hech kim ochmasa, tashqaridan yaxshi ko‘rinadigan, ammo ichkaridan g‘amu anduhga sabab bo‘ladigan bir ishga mashg‘ul bo‘lishiga dalildir. Agar xatning muhrini ochgani va uni o‘qiganini ko‘rsa, izzati va obro‘yi ziyoda bo‘lishiga dalildir.
Agar xatni o‘quvchi haqiqatan o‘qishni biladigan kishi bo‘lsa, izzat va obro‘yi yanada ziyoda bo‘lishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, ajali yaqinlashgan bo‘lishi mumkin.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida podshoh xotini unga berganlarini, xatni ochmagani va o‘qimaganipi ko‘rsa, g‘amu anduhga dalildir. Ochsa, o‘qisa va unda bashoratli xabar bo‘lsa, shodlik, xurramlik va foydaga dalildir. Bordi-yu unda sovuq va yoqimsiz so‘zlar yozilgan bo‘lsa, noxush, achchiq va halokatli hayotga dalildir. Tushida muhrlangan xat topib, uni podshohga berganini ko‘rsa, xayru manfaatga dalildir.
Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, tushida qo‘liga osmondan xat kelib tushganini ko‘rsa, yaxshilik va umidvorlikka, ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Agar unda yoqimsiz so‘zlar yozilgan bo‘lsa, ishlari izdan chiqishiga dalildir.