Tushda yugurmoq | Тушда югурмок
YUGURMOQ (DAVIDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida yugurayotganini yoki xachirni choptirayotganini ko‘rsa, safarga borishini, yugurish yoki yugurtirish qanchalik tez bo‘lsa, safar shunchalik uzoq bo‘lishini bildiradi. Tushida egarlangan xachirga minganini va choptirayotganini ko‘rsa, ayoli bilan safarga chiqishini va mol topishini bildiradi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida chopishda birovdan o‘zib ketganini ko‘rsa, o‘sha odamdan harom yo‘l bilan mol tortib olishini bildiradi. Chopishdan charchaganini va dam olganini tush ko‘rsa, mol-dunyoni tark qilishini va qanoat bilan yashashini bildiradi.