Tushda zahar | Тушда захар
ZAHAR (ZAHAR) Ibn Sirinning aytishicha, har kim tushda zahar ichsa harom mol topadi yoki birovning qonini nohaq to‘kadi. Agar zahar ichib, badanini shishganini ko‘rsa, harom mol topishiga dalildir. Kirmoniyning aytishicha, agar badani zaharga bulg‘anganini ko‘rsa, o‘z ishiga o‘ta harismand bo‘lishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, so‘z aytib, shu so‘z bo‘yicha harakatda bo‘lishiga dalildir. Agar tushida zahar badaniga ta’sir qilgani va tanda shish paydo bo‘lganini ko‘rsa, shish mikdoriga muvofiq unga g‘am va qayg‘u yetishiga dalildir. Agar zahar ichganini ko‘rsa, birovdan g‘azablanishiga dalildir.
Пример HTML-страницы