Tushda zaiflik | Тушда заифлик

ZAIFLIK (ZAIFIY) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida boshining zaif bo‘lib qolganini ko‘rsa, izzat va obro‘sida nuqson yuz berishiga dalildir. Agar ko‘zi zaif bo‘lib qolganini ko‘rsa, izzati kam bo‘lishiga dalildir. Agar og‘zining zaif bo‘lib qolganini ko‘rsa, rizqi tor bo‘lishiga dalildir. Agar bo‘yni zaif bo‘lib qolganini ko‘rsa, odamlarning omonati uning bo‘ynida bo‘lishiga dalildir. Agar yelkasini zaif bo‘lib qolganini ko‘rsa, omonatni joyiga qo‘ymasligiga dalildir. Agar qo‘li zaif bo‘lib qolganini ko‘rsa, xotini kasal bo‘lishiga dalildir. Agar bilagi zaif bo‘lib qolganini ko‘rsa, onasi yoki farzandi bemor bo‘lishiga dalildir. Agar bozusi zaif bo‘lganini ko‘rsa, tadbiri va fikri mahol bo‘lishiga dalildir. Agar ko‘kragi zaif bo‘lganini ko‘rsa, bu ham yuqoridagi ta’birga ega. Agar barmoqlari zaif bo‘lganini ko‘rsa, qizi bemor bo‘lishiga dalildir. Agar qorni zaif bo‘lganini ko‘rsa, uni qo‘llab-quvvatlovchi zaif bo‘lishiga dalildir. Agar dumbasi zaif bo‘lganini ko‘rsa, qarindoshlaridan bo‘lgan bir ulug‘ kishining holi yomon bo‘lishiga dalildir. Agar soni zaif bo‘lganini ko‘rsa, qarindoshlaridan bir kishining bemor bo‘lishiga dalildir. Agar tizzasi zaif bo‘lganini ko‘rsa, moli nuqson topishiga dalildir. Agar tani zaif bo‘lganini ko‘rsa, g‘amgin bo‘lishiga dalildir.


Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *