{"id":7779,"date":"2021-05-02T11:38:58","date_gmt":"2021-05-02T08:39:02","guid":{"rendered":"https:\/\/biliboltv.uz\/2021\/05\/02\/rossiyalik-bloger-tomonidan-videosi-elon-qilingan-qarshi-yaqinidagi-chiqindixonani-tozalash-ishlari-boshlandi\/"},"modified":"2021-05-02T11:38:58","modified_gmt":"2021-05-02T08:39:02","slug":"rossiyalik-bloger-tomonidan-videosi-elon-qilingan-qarshi-yaqinidagi-chiqindixonani-tozalash-ishlari-boshlandi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/biliboltv.uz\/rossiyalik-bloger-tomonidan-videosi-elon-qilingan-qarshi-yaqinidagi-chiqindixonani-tozalash-ishlari-boshlandi\/","title":{"rendered":"Rossiyalik bloger tomonidan videosi e\u2019lon qilingan Qarshi yaqinidagi chiqindixonani tozalash ishlari boshlandi"},"content":{"rendered":"

28-aprel kuni rossiyalik bloger va sayyoh\u00a0Kostya\u00a0Tkachev\u00a0Qarshi yaqinidagi ulkan hudud ko\u2018p yillar davomida polietilen paketlar va boshqa maishiy chiqindilar to\u2018lib ketgani haqida videorolikni e\u2019lon qildi. Shundan so\u2018ng ushbu hududni chiqindilardan tozalash ishlari boshlandi, deya xabar qilmoqda\u00a0\u201cGazeta.uz\u201d.<\/p>\n

\"\"<\/p>\n

Aniqlanishicha, chiqindilarni shahar chiqindixonasidan shamol uchirib kelgan, shuningdek, mashinalarda o\u2018tib ketayotgan odamlar ham tashlagan.<\/p>\n

\u201cUshbu tomosha ko\u2018proq zamonaviy rassomning qandaydir dahshatli installyatsiyasiga o\u2018xshaydi. Ushbu manzara meni juda hayratga soldi, qo\u2018rqitdi, men bir kundan ko\u2018proq vaqt davomida bu joy haqida o\u2018ylamasdan turolmadim\u201d, \u2013 deydi bloger.<\/p>\n

\"\"<\/p>\n

\u201cU yerda bo\u2018lganimning birinchi daqiqasidanoq, agar men shunchaki bu yerdan o\u2018tib ketsam va hech bo\u2018lmaganda biror narsa qilishga urinmasam, o\u2018zimni kechirmasligimni angladim. Ushbu paketlarning hammasini yig\u2018ib olish harakatiga tushdim\u201d, \u2013 deydi u.<\/p>\n

Bir kunda to\u2018rtta katta qop chiqindi yig\u2018ib olgan\u00a0Kostya\u00a0Tkachev\u00a0butun hududni tozalash uchun bir kishiga 110 kun kerakligini hisoblab chiqdi.<\/p>\n

\"\"<\/p>\n

Bloger atrofni tozalashga tanishlarni jalb qilishga urindi, ammo bu natija bermadi. Toshkentga qaytib kelgach, sayyohlik kompaniyasi rahbari Oybek uning tashabbusi haqida xabardor bo\u2018ldi, u ingliz tili o\u2018qituvchisi\u00a0Shamil\u00a0bilan birgalikda tozalash uchun Qarshiga borishga rozi bo\u2018ldi.<\/p>\n

Qarshida ular hududni tozalashda ishtirok etishga rozi bo\u2018lgan yigitlarni topishga muvaffaq bo\u2018ldi. Ikki kundan kamroq vaqt ichida jami 14 kishi butun ifloslangan maydonning taxminan to\u2018rtdan bir qismidan chiqindilarni yig\u2018ishdi. Ular chiqindilarni qayta ishlash zavodiga olib bordi.<\/p>\n

\"\"<\/p>\n

Kostya\u00a0Tkachev\u00a0aksiyani hayotidagi eng muhim voqea deb atadi. U o\u2018ziga hamfikrlarning harakatlari \u201czanjir reaksiyasini boshlashiga\u201d umid bildirdi.<\/p>\n

1-may kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo\u2018mitasi hududlarni ekologiya va obodonlashtirish boshqarmalari, shuningdek, \u201cToza hudud\u201d korxonasi va \u201cEko\u00a0Trans\u201d kompaniyasi hududni chiqindidan tozalash uchun hashar boshlaganini xabar qildi. Vaziyat bo\u2018yicha O\u2018zbekiston Ekologik partiyasi ham o\u2018z xavotirini bildirdi.<\/p>\n

\"\"<\/p>\n

Qo\u2018mita ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, Chiroqchi tumaniga tegishli ifloslangan hududning maydoni 17 gektarni tashkil etadi. Tozalash ishlariga 200 dan ortiq odam va 10 ta maxsus texnika, shu jumladan,\u00a0buldozer jalb qilingan.<\/p>\n

Ma\u2019lum qilinishicha, \u201cEko\u00a0Trans\u201d kompaniyasi hududning tozaligini nazorat qilishi kerak bo\u2018lgan. Shu sabab ushbu kompaniyaning mansabdor shaxsi ma\u2019muriy javobgarlikka tortildi.<\/p>\n

\"\"<\/p>\n

Bundan tashqari, viloyatda\u00a0yuk\u00a0mashinalari tomonidan noqonuniy chiqindi tashlanishining oldini olish ustidan nazorat kuchaytirilgani qayd etilgan.<\/p>\n