{"id":7944,"date":"2021-05-02T11:47:12","date_gmt":"2021-05-02T08:47:12","guid":{"rendered":"https:\/\/biliboltv.uz\/2021\/05\/02\/volkswagen-kompaniyasi-1-apreldagi-omadsiz-hazili-sabab-tergovga-jalb-etildi\/"},"modified":"2021-05-02T11:47:12","modified_gmt":"2021-05-02T08:47:12","slug":"volkswagen-kompaniyasi-1-apreldagi-omadsiz-hazili-sabab-tergovga-jalb-etildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/biliboltv.uz\/volkswagen-kompaniyasi-1-apreldagi-omadsiz-hazili-sabab-tergovga-jalb-etildi\/","title":{"rendered":"Volkswagen kompaniyasi 1-apreldagi omadsiz hazili sabab tergovga jalb etildi"},"content":{"rendered":"
Volkswagen kompaniyasi 1-aprelda o\u2018z nomini Voltswagen\u2019ga o\u2018zgartirgani haqida hazil qilgandi. Endi esa avtomobil ishlab chiqaruvchi buning orqasidan jiddiy ko\u2018ngilsizliklarga duch kelishi mumkin. AQSh Qimmatli qog\u2018ozlar komissiyasi tergov boshladi: mutaxassislar kompaniyaning hazili uning aksiyalari qiymatiga ta\u2019sir ko\u2018rsatgan yoki ko\u2018rsatmaganini aniqlashi lozim. Volkswagen qimmatli qog\u2018ozlar kotirovkasida manipulyatsiyani amalga oshirgani sabab jarimaga tortilishi mumkin, deb xabar beradi Motor.<\/p>\n
<\/p>\n
Tergov ishlariga oid ma\u2019lumotlar yo\u2018q. Der Spiegel\u2019ning ma\u2019lum qilishicha, Volkswagen\u2019ning marka nomini o\u2018zgartirish borasida \u201cqovun tushirgan\u201d Amerikadagi vakolatxonasi ma\u2019lumotlarni Qimmatli qog\u2018ozlar komissiyasiga topshirish va tergovga yordam ko\u2018rsatish bo\u2018yicha so\u2018rovni olgan.<\/p>\n
Volkswagen kompaniyasi AQShda o\u2018z nomini Voltswagen\u2019ga o\u2018zgartirayotgani to\u2018g\u2018risida xabar 2021-yilning 1-aprel kuni xorij OAVlarida keng tarqaldi. Ko\u2018pchilik bu kabi yurishga ishonmay, buni 1-aprel hazili deb atagan. Biroq 30-mart kuni Volkswagen of America saytida rostdan ham kompaniya rebrendingga tayyorligi to\u2018g\u2018risida ma\u2019lumot paydo bo\u2018lgan: xuddiki markaning elektrokarlari Amerika bozorida Voltswagen markasi ostida sotiladi.<\/p>\n
Reliz e\u2019lon qilinganidan bir sutka o\u2018tgach, bu ID.4 elektrokari uchun e\u2019tiborni jalb etishga qaratilgan marketing yurishi ekanligi ma\u2019lum bo\u2018ldi. Avtomobil ishlab chiqaruvchi \u201cortib tushganini\u201dtan olib, kechirim so\u2018ragan.<\/p>\n
Omadsiz hazil Volkswagen imidjiga ta\u2019sir ko\u2018rsatgan va jamoatchilikning nemis avtomobil ishlab chiqaruvchiga bo\u2018lgan ishonchiga putur yetkazgani aytilmoqda.<\/p>\n