{"id":9083,"date":"2021-05-03T21:20:10","date_gmt":"2021-05-03T18:20:11","guid":{"rendered":"https:\/\/biliboltv.uz\/2021\/05\/03\/peshonamga-topponcha-tirashgan-ozbek-xonandalari-toydagi-mushtumzorlar-haqida-sozlab-berdi-video\/"},"modified":"2021-05-03T21:20:10","modified_gmt":"2021-05-03T18:20:11","slug":"peshonamga-topponcha-tirashgan-ozbek-xonandalari-toydagi-mushtumzorlar-haqida-sozlab-berdi-video","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/biliboltv.uz\/peshonamga-topponcha-tirashgan-ozbek-xonandalari-toydagi-mushtumzorlar-haqida-sozlab-berdi-video\/","title":{"rendered":"\u201cPeshonamga to\u2018pponcha tirashgan\u201d. O\u2018zbek xonandalari to\u2018ydagi mushtumzo\u2018rlar haqida so\u2018zlab berdi (video)"},"content":{"rendered":"

O\u2018zbek xonandalari faoliyati davomidagi eng qiyin, urush-janjallar bilan tugagan to\u2018ylari haqida gapirib berdi.<\/p>\n

\"\"<\/p>\n

Bu haqda ular \u201cDaryo\u201d muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida ma\u2019lum qildi.<\/p>\n

\u201cXanjar biqinimga 2-3 sm kirgan edi\u201d<\/strong><\/p>\n

\"\"<\/p>\n

\n

Eski shaharda to\u2018y bo\u2018lgan, o\u2018shanda qo\u2018shiq aytib turganimda to\u2018yxonaga ustoz Xayrulla Lutfullayev kelib qoldilar. Menda shunaqa odat borki, ustozlar kelib qolsa, darrov qo\u2018shiq aytishni to\u2018xtataman, iloji bo\u2018lsa, ustozga choy quyib berib, yonlarida turaman. Endi Xayrulla aka kelib qolganlaridan keyin qo\u2018shiq aytishim g\u2018alati edi, qo\u2018shiq aytishni to\u2018xtatdim.<\/p>\n

O\u2018sha vaqtda bitta bola keldi, Muhriddin akani \u2018Qiz bola\u2019 degan qo\u2018shig\u2018ini so\u2018radi. Xo\u2018p, ustozdan keyin aytamiz, dedim. Keyin borib burchakda o\u2018tirdim. Bu 90-yillardagi gaplar. Stolning burchagida o\u2018tiribman, haligi bola kelib yonimga o\u2018tirdi, yoz kuni edi, kostyum kiymaganman, yengi kalta ko\u2018ylakdaman. Qo\u2018lida xanjar. Uzun stul, u paytlarda uzun stul bo\u2018lardi, ko\u2018rpacha bog\u2018lab qo\u2018yilardi, to\u2018y hovlida bo\u2018lyapti, hovli esa kichkina. Xanjarni o\u2018ng tarafimga, jigar tomonimga tirab turib, nimaga aytmading qo\u2018shiqni, deyapti. Ustoz keldilar, hozir tugatsinlar, aytib beraman, dedim. Nega hozir aytmading, deb gapga ko\u2018nmayapti. Borgan sari xanjarni biqinimga botiryapti. Najot izlayapman. Guruhimizdagi bir yigit to\u2018g\u2018rimda o\u2018tiribdi, vaziyatni bilib turibdi, ko\u2018rib ko\u2018rmaslikka olib, boshqa joyga qarab turibdi. Uning bu ishi rosa alam qilgandi. Sekin borib, to\u2018y egasini aytib kelsa bo\u2018lardi-ku. U esa yuzini burib, ko\u2018rmaganga olib turibdi. Nima bo\u2018lsa bo\u2018ladi endi, dedim.<\/p>\n

Shu paytda bizni kimdir ko\u2018rib qoldi, to\u2018y egasi obro\u2018li kishi ekan, xanjarli yigitni yoqasidan ushlab, ko\u2018chaga chiqarib tashlashdi.<\/p>\n

Lekin o\u2018shanda xanjar biqinimga 2-3 sm kirgan edi. Allohga shukr qilaman, o\u2018sha payt sekingina kelib, xanjarni bir suqib ketishi ham mumkin edi, Alloh o\u2018zi asradi. Birga yurgan odamlarimizning ham asl yuzini ko\u2018rganmiz. Hayotda shunday vaziyatlar ham bo\u2018larkan.<\/p>\n

Anvar G\u2018aniyev, O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan artist<\/strong><\/p>\n<\/blockquote>\n