Saytni internet tarmog’ida ko’tarish (mashhur qilish) haqida foydali ma’lumotlar.

Saytni mashxur qilish yo’llari
Sizning shaxsiy saytingiz mavjud va siz bu saytingizni mashxur qilmoqchisiz,lekin buni qanday amalga oshirishni bilmayapsizmi? Bu maqola sizga yordam beradi
Dastlab saytingiz quyidagi shartlarga to’g’ri kelishi kerak:
— Saytingiz o’z yo’nalishiga ega bo’lishi kerak
— Saytingizdagi texnik kamchiliklarni bartaraf etishingiz lozim
— Saytingizda odamni o’ziga tortadigan fayl va ma’lumotlar bo’lishi kerak
— Yangiliklar ko’p qo’shishingiz lozimSaytingiz yuqoridagi talablarga javob bersa darsni boshladik
Saytni mashxur qilishni ikki usuli mavjud bularbepulvapul orqali.Hozircha bepul mashxurlikga erishish haqida gaplashamiz
Bepul mashxur qilish yo’llari:
1.Top reytinglar orqali
2.Klik klublar
3.Kataloglar yordamida
4.Reklama tarqatish
5.Fayllar orqali
6.Reklama almashish
7.Banner setlar

Top Reytinglar orqali mashxur qilish uchun juda ko’p top reyting saytlardan ro’yxatdan o’ting va bannerlarini joylang, bunda har bir top reyting sizning saytingizga ma’lum miqdorda host taqdim etadi, lekin ko’p banner o’rnatilgan sahifa og’irlashadi bu esa sayt mehmonlariga yoqmaydi
Klik Klublar- bunday saytlar ham saytingiz mashxur bo’lishiga hissa qo’shishadi.Buning uchun ro’yxatdan o’tib o’z saytingizni kiritib,aktivlab qo’yasiz va pul ishlamoqchi bo’lgan ‘klikchilar’ sizning saytingizga ham kirishadi.Agar ularga saytingiz yoqsa ular albatta yana qaytib kelishadi
Kataloglar- bular sayt haqida ma’lumot beruvchi axborotnoma saytlardir. Siz saytingizni mashxur katalog saytlarga kiriting va bu axborntnomadan foydalanuvchilar sizga mehmonga kelishadi
Reklama tarqatish- bu usul uncha foyda keltirmaydigan usullardan biri. Bunda siz saytingizni turli mashxur saytlarda, masalan odnoklassniki, forum, chat, tanishuv va boshqa saytlarda reklama qilib chiqasizFayllar orqali- bunda turli fayllarga saytingiz nomini yoki saytingiz haqida ma’lumotlar kiritib tarqatasiz, masalan musiqa, rasm, temalar va boshqa turdagi fayllarReklama almashuv- bu juda foydali yo’llardan biri. Kunlik mehmonlar soni va yo’nalishi sizning saytga to’g’ri keluvchi saytlar bilan bepul reklama almashish. Bu orqali saytingizni tanuvchilar ko’payadi hamda saytingizni qidiruv tizimlaridagi mavqei oshadiBanner almashuv- banner setlarga o’z banneringizni joylaysiz va bu bannerni boshqa foydalanuvchilar ko’ra olishlarini taminlaysiz. Bu usuldagi sizning yagona qurolingiz banneringiz bo’lib, banneringizni chiroyli, qiziqarli yaratishga harakat qiling

Shohjahon Mahammadjonov

Everything will be ok!

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

один × 4 =