Tushda AZON |Тушда Азон

(BONGI NAMOZ) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, mo‘’min, solih va pokdoman har bir banda ma’lum va tanish tomondan azon ovozini eshitsa yoki o‘zi azon aytayotganini ko‘rsa, Hajga borishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Odamlar orasida (yurib ularni) hajga chorlagin: ular sen sari piyoda va har qanday tuyada uzoq yo‘llardan kelurlar (Haj surasi, 27-oyat). Agar azon ovozini notanish va noma’lum tomondan kelayotganini eshitsa, bir noma’qul va yoqimsiz odamlar guruhining o‘z oldiga kelishiga dalildir. Agar bu tushni fosiq odam ko‘rsa, uni o‘g‘rilikda ayblashlariga dalildir. Agar azonni masjidda yoki minorada aytayotganini ko‘rsa, odamlarni Xudo yo‘liga chaqirishlariga dalildir. Agar ko‘rpada yotgan holda azon aytayotganini ko‘rsa, xotini bilan yaqin ulfat bo‘lishiga dalildir. Agar o‘z uyida azon aytayotganini ko‘rsa, kambag‘al va bechora bo‘lishiga dalildir. Aytishlaricha, uning ahlidan kimdir vafot etadi. Agar choh yoki sardobada azon aytayotganini ko‘rsa, azon aytuvchining Xudosiz yoki munofiq ekanidan dalildir. Agar ko‘chada azon aytayotganini ko‘rsa, josuslik qilishini bildiradi.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar biror kishi xotini bilan azon aytayotganini ko‘rsa, tez orada vafot qilishini bildiradi. Agar azon so‘zlarini ortiqcha yoki kam aytayotganini ko‘rsa, odamlarga jafo va sitam qilishiga dalildir. Agar yosh bolaning azon aytayotganini ko‘rsa, ota-onasining yolg‘onchi ekanini bildiradi. Agar hammomda azon aytayotganini ko‘rsa, uning ahvoli din va dunyoda yomon bo‘lishiga dalildir. Agar karvonda yoki lashkargohda azon aytayotganini ko‘rsa, ta’biri yomon bo‘ladi. Agar majusiyning zindonda azon aytayotganini va namozga turganini ko‘rsa, zindondan ozodlik topadi. Agar azonni o‘ynab aytayotganini ko‘rsa, xalok bo‘lishiga dalildir. Egar ustida azon aytayotganini ko‘rsa, podshohning so‘zi rost ekani va uni Xudo yo‘liga chaqirishiga dalildir. Agar minora ustida azon aytayotganini ko‘rsa, ulug‘lik va amal topishiga dalil bo‘ladi. Agar uyning bir chekkasidan azon aytayotganini ko‘rsa, Xaq yo‘liga xiyonat qilishiga dalildir. Agar sardobada azon aytayotganini ko‘rsa, safarga borishi va bu safarda qiyinchilik va kulfatlar ko‘rishi va safardan kech qaytishiga dalildir. Agar ikki tog‘ning orasida azon aytayotganini ko‘rsa, sitamgar bir qavm orasiga tushib qolishi va bu qavmning unga xiyonat qilishiga dalildir.
Agar taxt ustida o‘tirib, hazil va mazax qilgan holda azon aytayotganini ko‘rsa, aqli undan zoyil bo‘lishini bildiradi. Agar bir odamning azon aytayotganini, u esa eshitayotganini ko‘rsa, eshitayotgan kishining ibodat va itoatga xushi yo‘qligini va kimdir uni Xudoyi ta’olo yo‘liga chaqirishini bildiradi. Agar takbir ovozini eshitayotganini ko‘rsa, Xaq ta’olo ishlarida tavfiq topishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi azon ovozi o‘n ikki narsani bildiradi: X,ajni; so‘zni; mansabdorlikni; ulug‘likni; rahbarlikni; safarni; o‘lishni; kambag‘allikni; hiyonatni; josuslikni; munofiqlikni; qo‘l kesilishini.

Boshqa tabirlarda: Ibin Sirin: Tushda dasht yoki harbiy lagerda aytilgan azon o’g’rilar uchun josus bo’ladi. Maxbus kishi takbir aytsa yoki namoz o’qisa, ozod qilinadi.Kim tushida ozod odamning namozga takbir tushirayotganini ko’rsa, ulug’ ishlari amalga oshib chiroyli maqtovlarga sazovor bo’ladi. Kim hovlisi eshigi ustidagi so’ri tepasida takbir aytsa, o’ladi. Kim o’yin va mashara qilib, azon aytayotganini ko’rsa, jinni bo’ladi.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

комментариев 11

  1. Assalomu alaykum. Men 20yoshdaman va qiz bolaman. G’ayrioddiy tush ko’rdim: menga tanish bir xonada edim eshikni tagida yani’ na eshik ichkarisida na tashqarisida turgan paytim kimdir qo’rqmaysanmi dedi. Yo’q dedimchuqur nafas olib. Jalyuzi ortidan bir 23-24yoshli bola yoki kishi boshida so’ppisi bilan xuddi qo’rqinchli kinolardagidek sekin va qo’rqinchli holatda nogironlarday menga daxshatli qarab yurib keldi 1 yo 2qadam qolganda men o’zimni ko’chada ko’rdim keng dalaga o’xshash joy chiroyli toza o’rtasidan yangi tekis asfalt yo’l o’tgan o’rtasida men o’tiribman chordana qurib yonimda kimdir ham bor. Asta sekin azon chaqirishni boshladim va ovozimni kuchaytirib borardim. Ovozim kuchayib azon chaqirganim sari osmonga ko’tarilardim go’yoki uchib chiqayotgandim haqiqatdanda. 15metrlarcha balandlikka chiqdim uyg’onib kettim. Tushimda vaqt tong edi ya’ni bomdod vaqti quyosh chiqar chiqmas osmon qizg’ish rangga kiradigan ko’rinishda edi. Uyg’onib kettim. Turdim soatga qaraganimda bomdod vaqti edi. 2 daqiqa o’tar o’tmas azon aytildi. O’sha payt namoz o’qimayotgan edim. Umumiy manoda. Hozir o’qiyapman. Voqeaga 2, 3oy bb qoldi

    • Va alaykum assalom. Ayrim tushlar qismlarga bo’lib tabir qilinadi va umumiy manoda hulosa chiqariladi. Sizda ushbu tushga tegishlik kerakli tabirlar quyidagicha:
      Ostona, eshik, dala, azon

      Vallohu alam. Allohning o’zi yaxshiroq bilguvchidir.

    • Bobomurod:

      Men ham huddi shunday tush kordim lekin tushim esimda yuq azon chaqirganim esimda kozimni ochsam tong otyotgan ekan birozdan keyin azon chaqirildi

  2. Laziz:

    Assalomu aleykum. Men erkak kishiman yoshim 34 turda ajrshganman bir qizim bor. Xali uylanmadim bishqasiga. Tushimda men azon aytibman. Qayerdaligini bilmadim balki uyimda balki boshqa xonadonda. Va uyerda kupchilik ekan menga azon ayt deyishyapti yoki men aytaman dedimmi aniq emas va men azon aytim lekin chiroyli qib aytmadim. Xatosiz aytim kuy singari chiqmadi masjiddagi domlalarga uxshab. Iltimos bu tushim nimani bildirishini iloji busa tushuntirib bersangiz

  3. Shahzoda:

    Assalamualaikum man 20yoshdaman ayol kiwiman tuwimi togri talqit qlomayaman tushimda kocada yomgir oynadan qarasam odamsiman ustolda ucib yerga qonibdi uyimi oldiga tilla komibdi uni oldida itiyam bor erm bn oocaga cqdi xovliga u uyim atrofida yuzlari ermga oxwab ketadi lkn olayga koz qora yuzli koca yomgir adasi kelin uyga kraqosin owhonada yotadi dsam owxona patalogidan yomgir otib ariqa oxwab patalokda xar xil bob oqvotganmuw brorta yomgir suvi yerga tuwmasmuw keyin hojeynim krgizmabdila eee u odammas shayton dvotganmuwla man bosa uyimdegi iti bor owani oldiga db etvotganmuwman agar u shayton bosa itim haydidi db u hovlimzga krib br cetida yomgir tegida otribdi yoniga boribman u bn gaplawibman rasa yaxwi gaplawibman unga yomonli qgim keme qbti keyin oxrida san quronu karimi blasanmi dsam xm blaman lkn uni nomidan qorqaman dvotganmuw keyin unga qarab baqrib azon etvotgan paytim alloooooh dvotganmdan keyin ovozim cqme qopti atrofga qarawam xamma masjidan azon caliniwi bowlabdi keyin uygonib ketim

  4. Bobomurod:

    Men ham huddi shunday tush kordim lekin tushim esimda yuq azon chaqirganim esimda kozimni ochsam tong otyotgan ekan birozdan keyin azon chaqirildi

    • али:

      ассалом алекум мен тушимда жудахам гозал овозда азон айтибман айтган азонимдан озим хайратланибман шу тушимни табирини билолмаяпман агар иложи болса тшунтири берсаларин олдиндан рахмат

      • Ва алайкум ассалом. Тушда азон айтишлик, хажга боришингизни табир килади.

        Валлоху аълам!

        • Sitora Boymanova:

          Assalomu aleykum yaxwimsz yowim 20 da hozi musofir yurttaman bir oz Avval bir tush kordim tuwimda ozim tanimagan odamla bn ekanman yolda edik oldimizda tiwlari uzun kozlari qora 1 ta qiz 3 erke chiqibti tonga yaqin ekan oldimdagi odamlaya qarab Bula ajina tezroq Azon eytiw kere wunda ketadi baland ovozda bilmiman juda chiroyli qb Azon aytotgan emiwman ula azonni ewtib baqirib baqirib yuq bb qoliwdi

  5. Assalomu aleykum yaxwimsz yowim 20 da hozi musofir yurttaman bir oz Avval bir tush kordim tuwimda ozim tanimagan odamla bn ekanman yolda edik oldimizda tiwlari uzun kozlari qora 1 ta qiz 3 erke chiqibti tonga yaqin ekan oldimdagi odamlaya qarab Bula ajina tezroq Azon eytiw kere wunda ketadi debman baland ovozda bilmiman juda chiroyli qb Azon aytotgan emiwman ula azonni ewtib baqirib baqirib yuq bb qoliwdi

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *