Tushda bola, go’dak , jiji | Тушда бола, гудак, жижи

BOLA, GO‘DAK (KUDAK) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi go‘daklik g‘am va anduh bo‘ladi. Tushida go‘dak bo‘lib qolganini va muallim oldida kitob o‘qiyotganini ko‘rsa, g‘amu anduhga giriftor bo‘lishiga dalildir. Ta’birchilarning aytishicha, agar o‘zini go‘dak bo‘lib qolganini ko‘rsa, ishlari sust bo‘lishiga dalildir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida qovurib pishirilgan go‘dakni uning oldiga qo‘yganlarini va u esa undan yeganini ko‘rsa, bu go‘dakdan ko‘p ezguliklar ko‘rishini va bola ulug‘vor kishi bo‘lib o‘sishini bildiradi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi chiroyli bola farishta bo‘ladi, xunuk bola esa foyda bo‘ladi. Agar katta kishi sut emuvchi go‘dakka aylanib qolganini ko‘rsa, maqsaddan uzoqlashuviga dalildir. Agar erkak kishi bolaga sut berayotganini ko‘rsa, bola sog‘-salomat tug‘ilishiga dalildir.

Shohjahon Mahammadjonov

Everything will be ok!

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

5 × один =