Tushda libos tikish, kiyim tikish | Тушда либос тикиш, кийим тикиш

LIBOS TIKISH (DUXTANI JOMA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘z libosini tikayotganini ko‘rsa, ishlari murodiga muvofiq bo‘lishini va ahvoli yaxshilanishini bildiradi. Agar o‘z ayolining libosini tikayotganini ko‘rsa, bunda yuqoridagi ta’bir bo‘ladi. Tushida begona ayolning libosini tikayotganini ko‘rsa, unga g‘am va ziyon yetishiga dalildir. Agar erkak kishining libosini tikayotganini tush ko‘rsa, yaxshilik ko‘rishiga dalildir. Tushida qo‘lidagi igna bilan libosni to‘liq tikib bitirganini ko‘rsa, mashg‘ul bo‘lgan ishini oxirigacha yetkazishini bildiradi. Agar uyida ko‘pgina tikilgan liboslar borligini ko‘rsa, rizqi keng bo‘lishi va merosdan ko‘p mol tegishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushida o‘zi uchun ko‘ylak tikayotganini va uni tikib bitirganini ko‘rsa, xotini bilan ahillikda yashashini bildiradi. Tushida o‘zi uchun ishton tikkanini, biroq ipggonbog‘ turadigan yerini tikib bitirmaganini ko‘rsa, xotin olib, oqibat undan ayrilishini bildiradi. Tushida chopon tikkanini ko‘rsa, xizmatga mashg‘ul bo‘lishini bildiradi. Tushida ayol libosini tikayotganini ko‘rsa, ayol so‘zlaridan charchashini bildiradi. Tushida o‘z ayoli uchun ipak libos tikayotganini ko‘rsa, g‘amga botishi va bir tuhmat gunoh uchun anduh chekishini bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi chok tikuvchi sochilgan mollarni yig‘ib, uni islohga keltiruvchi kishidir.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *